AsosiyJamiyat

​OLIY TA`LIM MUASSASALARIDA BUGUNGI KUNGA QADAR BIR O`RINGA 5 KIShI DA`VOGARLIK QILMOQDA

'​OLIY TA`LIM MUASSASALARIDA BUGUNGI KUNGA QADAR BIR O`RINGA 5 KIShI DA`VOGARLIK QILMOQDA'ning rasmi

7 iyul holatiga ko`ra, O`zbekiston oliy ta`lim muassasalariga hujjat topshirgan abiturientlar soni 333 ming 395 nafarni tashkil qilmoqda.

Bu bir o`rin uchun 5 nafar abiturient kurash olib boradi degani. 2017/2018 o`quv yili uchun kvota esa 66586 belgilangan.

Qabul qilingan hujjatlar soni bo`yicha Termiz Davlat universiteti etakchilik qilmoqda. Ushbu ta`lim muassasasi 1800 nafar talabani qabul qila olsa, hujjat topshirganlar soni 17 887 kishini tashkil qildi. Bu bir o`rin uchun 10 kishi kurash olib boradi degani.

Hujjatlar soni bo`yicha keyingi pog`onalarda Qarshi (15728, kvota-1400), Andijon (14799, kvota-1422) va Samarqand (13385, kvota-2000) Davlat universitetlari turibdi.

Andijon tibbiyot instituti hamda Qarshi Davlat universitetlarida 1 o`rin uchun konkurs 11 tadan oshgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar