Toshkent viloyati O`rta-Chirchiq tumani viloyat “Ma`naviyat va ma`rifat” markazida Respublika Ma`naviyat targ`ibot markazi hamda Toshkent viloyati hokimligi hamkorligida “Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston” mavzusida hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning "Ijtimoiy barqarorlikni ta`minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzusidagi anjumanda so`zlagan nutqidan kelib chiqib “Jaxolatga qarshi – ma`rifat” shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Tadbirni o`tkazishdan ko`zlangan yagona maqsad albatta bugungi kunda O`zbekistonning davlat mustaqilligi - xalqimizning milliy manfaatlarini, tinch va osuda hayotini ta`minlash, bugungi murakkab davrda g`oyaviy va axborot xurujlari, ularning ortida turgan kuchlarning g`arazli maqsadlarini fosh etishda xalqimizni ayniqsa yoshlarimizni bilimli va yuksak ma`naviyatli qilib tarbiyalashda kitob o`qishga bo`lgan munosabatlarini ularning boolari va ota-onalari tomonidan singdirishdan iborat.
Tadbirda ziyoli olimlar, nuroniylar, iqtidorli talaba yoshlar, sportchilar, adashib turliy diniy oqimlarga kirib qolgan hamda bugungi kunda maxsus xisobda turuvchilar ro`yxatidan chiqarishga tavsiya berilgan oilalar, ularning farzandlari, ommaviy axborot vositalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida viloyat Madaniyat boshqarmasi tomonidan saxnalashtirilgan yoshlar o`rtasida sog`lom muhitni targ`ib qiluvchi spektakl namoyishi, uyushmagan yoshlarni kengroq jalb qilish maqsadidatashkil etilgan turli sport o`yinlari, rassomchilik ko`rgazmalari hamda “Uzdavkitobsavdota`minoti” tashkiloti tomonidan ijtimoiy siyosiy, badiiy kitoblardan iborat kitob yarmarkalari yig`ilganlarda katta qiziqish uyg`otdi. Bundan tashqari, tadbir doirasida Nuroniy otaxon va onaxonlar tomonidan yosh avlodga kitoblar sovg`a qilindi.
Tadbirda so`zga chiqqan ishtirokchilar va maxsus xisobda turuvchi oila vakillari, bugungi kunda yuritimizda bo`layotgan o`zgarishlar, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da ularga ko`rsatilayotgan e`tibor va g`amxo`rliklardan bexat xursandligi, shu bilan birga ularning farzandlari jamiyatdagi o`z o`rnini topishda tashkil etilayotgan ana shunday tadbirlar, yoshlarni kelajakda yurt ravnaqi va rivojiga o`z xissalariniqo`shishda dasturilamal bo`lishini ta`kidladilar.
Bunday tadbirlar viloyatning barcha tuman, shaharlarida tashkil etiladi.






