Prezident Shavkat Mirziyoev Chortoq tumanidagi Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohini rekonstruksiya qilish loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Prezidentimiz viloyatlarga safarlari chog`ida har bir hududning tarixini o`rganishga, ma`naviy merosini tiklashga alohida e`tibor qaratmoqda. Muborak qadamjolarni ziyorat qilib, ularni obod qilish bo`yicha ko`rsatmalar bermoqda.
Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohi – Namangandagi ana shunday maskanlardan biri. Qadamjo maqbara, masjid, ramziy darvoza va muzeydan iborat.
Davlatimiz rahbari bu qadamjoni qadimiy usulda ta`mirlash, keng va obod ziyoratgohga aylantirish, ziyoratchilarga zarur sharoitlar yaratish, bu maskanda kutubxona tashkil etish, yosh avlodni yuksak ma`naviyatli insonlar etib tarbiyalash bo`yicha tavsiyalar berdi.






