2017 yilning 6 iyul kuni taxminan soat 16:30larda, muqaddam sudlangan Musaeva Zarifa Tursunqul qizi, o`zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Shayxontohur tumanidagi “Chorsu” bozori hududida joylashgan savdo do`konida bo`la turib, fuqaro Narimanova Maxfuzaga tegishli bo`lgan ayollar kiyimini o`g`irlab, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan, Shayxontohur tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi (o`g`irlik, ya`ni o`zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Jabrlanuvchining anketa ma`lumotlari o`zgartirilgan bo`lib, familiyasi va ismining har qanday o`xshashligi tasodifiy harakterga ega.
Diqqat !!!
Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko`rganlar bo`lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishi mumkin.