1

​Din ishlari bo`yicha qo`mita raisi Ortiqbek Yusupov boshchiligidagi delegasiya Ozarbayjonga jo`nab ketdi

Jamiyat 11.07.2017, 11:35
​Din ishlari bo`yicha qo`mita raisi Ortiqbek Yusupov boshchiligidagi delegasiya Ozarbayjonga jo`nab ketdi

Joriy yilning 10 iyul kuni Din ishlari bo`yicha qo`mita raisi Ortiqbek Yusupov hamda O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayx-ul-Islom Ollohshukur Poshshozodaning taklifiga binoan, Ozarbayjon Respublikasining Baku shahriga jo`nab ketdi.

O`zbekiston delegasiyasi tashrif davomida Ozarbayjonda diniy sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish, ikki mamlakatning diniy sohada faoliyat yuritayotgan tashkilotlari orasida yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilishi rejalashtirilgan.

Din ishlari bo`yicha qo`mita Axborot xizmatining xabar berishicha, O`zbekiston delegasiyasining Ozarbayjonga tashrifi 13 iyul kuniga qadar davom etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1