AsosiyDunyo

​MOSKVADAGI OFISLARDAN BIRIDA QUROLLANGAN ERKAK AYoLNI OTIB O`LDIRDI VA O`Z JONIGA QASD QILDI

'​MOSKVADAGI OFISLARDAN BIRIDA QUROLLANGAN ERKAK AYoLNI OTIB O`LDIRDI VA O`Z JONIGA QASD QILDI'ning rasmi

Moskva shahrida joylashgan ofis binolaridan biriga bostirib kirgan erkak bir ayolni otib o`ldirdi va o`z joniga qasd qildi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Hodisa bugun ertalab Altufev shossesida joylashgan savdo markazi ofisida ro`y berdi. Moskva shahar IIV matbuot xizmati haqiqatan ham binodan ikki kishining jasadi topilganligini tasdiqladi, ammo bu haqda batafsil ma`lumot bermadi.

Erkakning qo`lida ovoz pasaytirgich moslama o`rnatilgan to`pponcha bo`lgan. Voqea joyida tergovchilar va kriminalistlar ish olib bormoqda. Moskva shahar Tergov qo`mitasi rahbarining yordamchisi vazifasida ishlovchi Yuliya Ivanovaning so`zlariga qaraganda, jinoyatchi erkak halok bo`lgan ayol bilan birga yashagan. U ayolga qarata to`rt marotaba o`q uzgan. Qotillik bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar