AsosiyJamiyat

PREZIDENT O`Z NUTQIDA “DARAKChI” GAZETASI FAOLIYaTINI E`TIROF ETDI

'PREZIDENT O`Z NUTQIDA “DARAKChI” GAZETASI FAOLIYaTINI E`TIROF ETDI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida 2017 yil 12 iyul kuni parlament palatalari, siyosiy partiyalar, O`zbekiston Ekologik harakati, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari faoliyatining tahlili hamda istiqboldagi vazifalariga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tgani haqida avvalroq xabar bergandik.

Yig`ilishda so`zlagan nutqida Prezident erishilgan yutuqlarni qayd etgan holda, hokimiyat vakillik organlari, siyosiy partiyalar va Ekologik harakatning o`tgan davrdagi faoliyatini tanqidiy ruhda tahlil qildi.

Xususan, davlatimiz rahbari Partiya gazetalari haqida ham to`xtalib, ularning aksariyati talab darajasida emasligini qayd etdi hamda xususiy nashrlar faoliyatiga o`z bahosini berdi.

“Mavjud to`rtta partiya gazetalarining saviyasi, “O`zbekiston ovozi” gazetasini istisno qilganda, talabga javob bermaydi. Partiya gazetalarining umumiy soni bugungi kunda 60 mingga ham etmasligi hayotdagi dolzarb muammolar va ularning echimi bo`yicha aniq takliflar bu nashrlarda o`z ifodasini topmayotganidan dalolat beradi. Xususiy nashrlardan misol keltiraylik. Masalan, biz odatda “ko`ngilochar nashrlar” deb biladigan “Darakchi”, “Tasvir”, “So`g`diyona” kabi gazetalar nafaqat engil-elpi gaplarni, shu bilan birga, muhim hayotiy masalalarni, aytaylik, kommunal xizmat, bozorlardagi narx-navo, tibbiyot, transport masalasi, tadbirkorlik bilan bog`liq muammolarni ham atroflicha yoritayotgani uchun tiraji oshib bormoqda. Nima uchun partiya nashrlari bu masalalarda ular bilan raqobat qila olmayapti?”

Boshqa yangiliklar