AsosiyJamiyat

SANKT-PETERBURGDAGI YoNG`INDA O`ZBEKISTON FUQAROLARI DEB TAXMIN QILINAYoTGAN 7 TA JASAD TOPILDI

'SANKT-PETERBURGDAGI YoNG`INDA O`ZBEKISTON FUQAROLARI DEB TAXMIN QILINAYoTGAN 7 TA JASAD TOPILDI'ning rasmi

OAV xabarlariga ko`ra, 2017 yilning 13 iyul tongida Sankt-Peterburg tarkibiga kiruvchi Kolpino shahridagi metal angarida umumiy maydoni 600 kv. m.ga teng bo`lgan yong`in sodir bo`ldi.

Yong`in qoldiqlarini ajratish paytida o`t o`chiruvchilar tomonidan O`zbekiston fuqarolari deb taxmin qilinayotgan 7 ta jasad topilgan.

Ayni paytda mahalliy hukumat tomonidan tergov tadbirlari olib borilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi TIV topshirig`iga binoan voqeaning butun tafsilotlarini va halok bo`lganlarning shaxsini aniqlash jarayonida ishtirok etish uchun O`zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi vakillari Moskva shahridan Sankt-Peterburg shahriga uchib kettilar. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

    Boshqa yangiliklar