Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan hududda jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni munosabati bilan amalga oshirilayotgan ishlarga bag`ishlangan navbatdagi brifingda sodir etilgan jinoyatlar, ularning sabablari tahlil etildi.
Mirzo Ulug`bek tumanida yashovchi Evgeniy Fomenko mast holatda akasi Valeriy Fomenko bilan janjallashgan, oshxona pichog`i bilan akasining ko`krak qafasi va tanasining boshqa joylariga urib, tan jarohati etkazgan. Jabrlanuvchi kasalxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug`bek tumani ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov bo`limi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, jinoyatchiga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi ko`rilgan. Hozir tergov harakatlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 6 iyul kunidan 13 iyul kuniga qadar poytaxtimizda 18 jinoyat qayd etilgan, ular “izi yo`qolmasdan” fosh qilingan. Hafta davomida qidiruvda bo`lgan 33 jinoyatchi qo`lga olingan. Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida bedarak yo`qolgan 14 shaxs aniqlanib, yashash manziliga qaytarilgan.






