O`zbekistonda abiturientlarning oliy ta`lim muassasalariga hujjat topshirishlari uchun ohirgi kun nihoyasiga etmoqda.
Shu yildan e`tiboran qabul komissiyalarining faoliyati 15 iyundan 15 iyulga qadar davom etadi. Ayni damga qadar qabul komissiyalari qariyb 688 ming kishidan hujjat qabul qilishdi, bu bir o`ringa 10 kishi da`vogarlik qilmoqda degani.
Ma`lumki, aksariyat abiturientlar qabul komissiyalarining so`nggi ish kuniga taqab hujjat topshiradilar, buning sababi esa tanlov kamroq bo`lgan oliy ta`lim muassasasi yo`nalishini tanlash.
Bu yil oliy ta`lim muassasalariga 66 586 nafar talaba qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Kun yakunida abiturientlarning umumiy sonini e`lon qilamiz.