AsosiyJamiyat

​PREZIDENT QARORI BILAN O`ZBEKISTONDA YaNGI XALQARO XAYRIYa JAMOAT FONDIGA ASOS SOLINDI

'​PREZIDENT QARORI BILAN O`ZBEKISTONDA YaNGI XALQARO XAYRIYa JAMOAT FONDIGA ASOS SOLINDI'ning rasmi

Prezident “Ezgu maqsad” xalqaro xayriya jamoat fondini tashkil etish to`g`risida Qaror imzoladi.

“Ezgu maqsad” xalqaro xayriya jamoat fondi “Xorazm shakar” aksiyadorlik jamiyati, “Angren shakar” mas`uliyati cheklangan jamiyati va qator xorijiy kompaniyalar tashabbusi bilan tashkil etildi.

Fondning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

birinchi – aholining himoyaga muhtoj qatlamlari, avvalo, bemor va nogiron bolalar salomatligini muhofaza qilish, ularga tibbiy yordam ko`rsatish sifatini oshirishni ta`minlash, ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarni erta aniqlash, ularni profilaktika qilish va davolash, nogironlikni reabilitasiya qilish va oldini olish, jamiyatda sog`lom turmush tarzi madaniyatini rivojlantirish bo`yicha samarali ishlarni tashkil etishga ko`maklashish;

ikkinchi – etim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan yoki xavfli guruhga kiradigan bolalar, “Mehribonlik”, “Muruvvat”, “Saxovat” uylari va ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga yordam berishga yo`naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularning ijtimoiy moslashuviga ko`maklashish;

uchinchi – aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, ko`p bolali oilalarni qo`llab-quvvatlash, mahallalarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholi genofondini yaxshilash, sog`lom va barkamol avlodni shakllantirish borasida fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan o`zaro hamkorlik qilish;

to`rtinchi – xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish, O`zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari, xorijiy fuqarolar va tashkilotlar, fuqaroligi bo`lmagan shaxslar, xalqaro tashkilotlarning xayriya mablag`larini jalb etish va jamlash bo`yicha faol ishlarni amalga oshirish, Fondning asosiy vazifalariga muvofiq ulardan Fond xayriya dasturlarini (keyingi o`rinlarda – Fond xayriya dasturlari) amalga oshirish uchun maqsadli foydalanilishini ta`minlash.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar