Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)ning uch nafar bitiruvchilari Janubiy Koreyadagi Inha universitetining magistraturasida ta`lim olish imkoniyatini qo`lga kiritishadi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti Rektori Sarvar Babaxodjaev Janubiy Koreyadagi Inha universiteti rahbariyati bilan muzokaralari davomida IUT bitiruvchilari uchun Koreya Respublikasidagi Inha universitetida ta`lim olish imkoniyatini yaratish to`g`risida kelishib oldi.
Kelishuvga muvofiq, 2019-2020 akademik yildan boshlab, IUTni bakalavriat dasturi bo`yicha tamomlagan uch nafar talabalar Janubiy Koreyadagi Inha universitetining magistraturasida ta`lim olish imkoniyatini qo`lga kiritishadi.
Qayd etamiz, Janubiy Koreyadagi magistraturada ta`lim olish uchun talabalarga Toshkent shahridagi Inha universiteti ma`muriyati tavsiyanoma beradi. Talabalar magistrlik darajasini olib qaytishgach, IUT ga ishga qabul qilinadilar.
Eslatib o`tamiz, hozirda “Kompyuter va dasturiy injiniring” fakultetining 4-bosqich 99 nafar talabalari Janubiy Koreyadagi Inha universitetida tahsil olishmoqda. Ular Janubiy Koreyada ikki semestr davomida – 2017 yilning dekabr oyiga qadar ta`lim olishadi.






