“GM Uzbekistan” AJ Mustaqilligimizning 26-yilligiga yangi modeldagi avtomobilni chiqarishi haqida ayrim OAVlarda tarqalgan xabarlarga raddiya berdi.
“GM Uzbekistan” AJ ayrim OAVlarda O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26-yilligiga yangi modeldagi avtomobil chiqarilishi haqidagi xabarlarning asossiz va noto`g`ri axborot ekanligini rasman ma`lum qildi.
Jurnalistlar uchun Asakadagi zavodga tashkil etilgan press-tur doirasida kompaniya rahbariyati model qatorini yangilash maqsadida yangi modellar o`zlashtirilishi haqida ma`lum qilgan.
Bunday loyihalarni amalga oshirish muddatlari marketing o`rganishlardan keyin, texnik va iqtisodiy tahlillar va boshqa parametrlar tegishli tartibda kelishuvlaridan keyin aniq bo`ladi.
Qayta ma`lum qilamiz, kompaniyamiz OAV bilan muloqotga doim tayyor, shu bilan birga jurnalistlardan kasb me`yorlariga, jurnalistika etikasiga amal qilishlarini, rasmiy va ob`ektiv xabar taqdim etishlarini so`raymiz. Shu tarzdagina sohamizga oid jarayonlarni yoritishda noto`g`ri xabar tarqalishining oldini olish mumkin.
Har qanday savollar yuzaga kelganda qo`shimcha ma`lumotlar olish uchun to`g`ridan-to`g`ri murojaat qilishingizni so`rab qolamiz.”
Kompaniyadan saytimizga berilgan ma`lumotlarga ko`ra, O`zbekiston Milliy axborot agentligi jurnalisti o`zining kompaniya faoliyatiga bag`ishlangan maqolasida GM Uzbekistan tomonidan Istiqlolimizning 26-yilligi sanasiga yangi modeldagi avtomobil taqdim etishi haqida intervyu chop etgan. Kompaniya xodimlari ushbu xabarni bekor qilishga ulgurmay, ushbu ma`lumot boshqa OAVlarga ham tarqalishga ulgurgan.