Namangan shahar “Chorsu deqon universal bozori” AJga yangi rahbar tayinlanishi natijasida bozorda muayyan ishlar amalga oshirildi.
O`tgan bir hafta ichida Javlonbek Yuldashev talabchanligida ma`lum ishlar qilindi. Bozor xududida ishlamay turgan umivalniklar ishlatildi. Radiouzel ish boshladi. Risoladagi bildiruvlar, talab va takliflar o`qib eshittirilmoqda.
Bosh darvozaning o`ng tamonida go`sht rastasi tashkil etildi. Katta harflar bilan mol go`shtining narxi qat`iy – 25 ming so`m etib belgilandi, deb yozadi Namnews.uz nashri. Ulkan ayvonlar peshtoqiga yilimiz nomi, yaratuvchi insonlar mehnatini tarannum etuvchi pannolar ilindi.
Mavjud 106 ta turg`un savdo shohobchasi ,866 ta rasta faoliyati bir muncha tartibga keltirildi. Mahsulotlarga narxnomlar to`la yozib qo`yildi. Bu masalada shakar sotuvchi ustamonlar faoliyati alohida nazoratga olindi. Natijada kuniga besh mln. so`m savdo qilinmoqda. Dastlabki tozalov kunida besh avtomashina axlat chiqarib tashlandi.






