AsosiyJamiyat

​TEST SINOVLARI O`TKAZILADIGAN BINO VA AUDITORIYaLAR TEKShIRUVDAN O`TKAZILDI

'​TEST SINOVLARI O`TKAZILADIGAN BINO VA AUDITORIYaLAR TEKShIRUVDAN O`TKAZILDI'ning rasmi

Joriy yil 1 avgust kuni oliy ta`lim muassasalarida o`tkaziladigan test sinovlariga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda, deya xabar beradi Davlat test markazi axborot xizmati.

Vazirlar Mahkamasida Kompleksning 2017 yil 10 iyul kuni o`tkazilgan yig`ilishi Bayoni 7-bandida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta`minlash maqsadida 17-19 iyul kunlari 1 avgustda respublika bo`yicha test sinovi o`tkazilishi rejalashtirilgan bino va auditoriyalar Davlat test markazi xodimlari tomonidan qo`shimcha tarzda joylarda tekshiruvdan o`tkazildi.

Tekshiruv davomida bino va auditoriyalarni test sinovlariga tayyorlash bo`yicha jiddiy va juz`iy kamchiliklar aniqlandi. Mazkur kamchiliklarni joyida bartaraf etish bo`yicha amaliy ishlar amalga oshirildi va kamchiliklarning tuzatilishiga erishildi. To`liq tayyor bo`lishi uchun muddat talab etadigan binolar bo`yicha ularni to`liq tayyorlash muddatlari belgilandi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar