1

​“SALOMATLIK” POEZDI BUXORO VA NAVOIY VILOYaTIGA JO`NAB KETDI

Jamiyat 25.07.2017, 14:54
​“SALOMATLIK” POEZDI BUXORO VA NAVOIY VILOYaTIGA JO`NAB KETDI

24 iyul kuni Buxoro va Navoiy viloyatlarining chekka hududlarida istiqomat qiluvchi aholini yuqori malakali tor soha mutaxassislari ishtirokida chuqurlashtirilgan tibbiy ko`riklardan o`tkazish maqsadida “Salomatlik” poezdlari Toshkent shahridan jo`nab ketdi.

Har ikki hududda ham 25 iyul kuni ixtisoslashtirilgan markazlar direktorlari boshchiligida o`nga yaqin tor mutaxassislardan iborat guruhlar o`z ishini boshladi. Ularning tarkibi respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, ilmiy-tekshirish institutlari, respublika klinik shifoxonalarining etakchi olimlari, tibbiyot fanlari doktorlari va yuqori malakali shifokorlaridan tashkil topgan.

“Salomatlik” poezdlarini Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarga yuborilishini ta`minlash hamda tibbiyot xodimlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishda “O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati har jihatdan ko`mak bermoqda.

Prezidentimiz topshirig`iga ko`ra, Buxoro va Navoiy viloyatlarida o`tkazilayotgan chuqurlashtirilgan tibbiy ko`riklarda har bir bemorga alohida e`tibor qaratilmoqda. Xususan, to`shakda yotib qolgan qariyalar va bemorlar holidan zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan uyiga borib xabar olinmoqda. Ko`riklar natijasida aniqlangan bemorlarning ambulator sharoitda viloyat va respublika tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalarida va respublika ixtisoslashtirilgan markazlarida o`rnatilgan tartibda sog`lomlashtirilishi ham ko`zda tutilgan. Urush va mehnat fronti faxriylari va keksalarga chuqurlashtirilgan tekshiruvlardan olingan natijalarga qarab sanator-kurortlarga tavsiyalar berilmoqda, deya xabar beradi Sog`liqni saqlash vazirligi Axborot xizmati.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1