​ALIShER SA`DULLAEV YaNGI KREATIV USULDAGI KITOBXONLIK TANLOVINI E`LON QILDI

Jamiyat 26.07.2017, 10:29
​ALIShER SA`DULLAEV YaNGI KREATIV USULDAGI KITOBXONLIK TANLOVINI E`LON QILDI

Prezident tomonidan tayinlangan Xalq ta`limi vaziri o`rinbosari Alisher Sa`dullaev vazirlik tasarrufidagi Respublika bolalar kutubxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Alisher Sa`dullaev kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishar ekan undagi bir qator imkontiyatlarni sanab o`tdi.

Vazir o`rinbosari mazkur maskanda bir qator o`zgarishlar qilish orqali u erni o`quvchilarning eng sevimli maskaniga aylantirish mumkinligini qayd etdi.

“Eshikdan kirib kelishdan tortib to kitobni topish, mutolaa xonalari, kutish joylari, kitoblarning taxlanishi, xonalarning jihozlanishi hamma hammasi o`quvchi uchun qulaylik tug`dirishi kerak. Bola kutubxonada o`zini o`z uyidanda erkinroq va qulayroq his qilmog`i lozim.
Respublika bolalar kutubxonasida ham xonalarning dizayni, undagi jihozlarning joylashuvi, katologlar to`plami, kitoblarning o`rnatilishini zamonaviy uslubda qayta ko`rib chiqish mumkin. Keyin bolalar kutubxonasiga ozgina toza havo kerak. Yoritish tizimini ham yangilasa bo`ladi. Kutubxona hovlisini ko`kalamzorlashtirib, ochiq osmon ostida mutolaa qilish sharoitini yaratishga intilish kerak. Bu kitobxonlarga judayam manzur keladi, o`zimdan qiyos qilishim mumkin. Keyin bu erda mo``jazgina “bookcafe” tashkil qilinsa, nur ustiga a`lo nur bo`lardi.”

Kutubxonada o`quvchilar qamrovini kengaytirish yuzasidan Alisher Sa`dullaev bir qator takliflarni berdi:

1. Birinchi galda bolalarni kitobga bo`lgan mehrini oshirish uchun muntazam turli tanlovlar tashkil etish kerak;

2. Yana bu erda “Movie yoki Speaking club” shunga o`xshash to`garaklar tashkil etib, ularga iqtidorli talablarni jalb qilish, ular ishtirokida bolalar uchun bepul mashg`ulotlarni olib borish;

3. Qolaversa, taniqli bolalar shoir va yozuvchilari, sport, san`at va boshqa sohaning ko`zga ko`ringan vakillari ishtirokida turli uchrashuvlar o`tkazish;

4. Zamonaviy uslubda kitobxonlarga xizmat ko`rsatish usullarini qo`llab, jahonning eng mashhur kutubxonlaridan andoza olib o`zimizda qo`llash kerak;

Ushbu tashrif samarasi o`laroq Alisher Sa`dullaev yangi kreativ usuldagi kitobxonlik tanlovini e`lon qildi.

Tanlov shartlari judayam oson, unda o`zbek va rus tillarida turli savollar beriladi, viktorina va qiziqarli shartlar o`tkaziladi. Batafsil ma`lumotni Respublika bolalar kutubxonasining rasmiy sahifasidan bilib olishingiz mumkin.

“31 kun davomida har kuni 2 nafardan g`olib ishtirokchi aniqlanadi va unga o`zbek va rus tillarida eng sara asarlar sovg`a qilinadi. Aytgancha, oy oxirida tanlovda mutlaq g`olib bo`lgan ishtirokchiga shaxsan o`zim sovg`a beraman hamda Respublika bolalar kutubxonasi bo`ylab kichik ekskursiya uyushtirishni rejalashtirganman.”

Ayni damda vazirlik tasarrufidagi Respublika bolalar kutubxonasi faoliyati bilan tanishdim. Toshkentning qoq markazida joylashgan mo`jazgina bino poytaxtlik o`quvchilarga ziyo ulashib kelmoqda. Kutubxonada 200 mingdan ziyod kitob fondi mavjud. Ayni damda mazkur maskan 13 mingdan ortiq kitobxonlarga xizmat ko`rsatib kelmoqda.

Eslatib o`tamiz, 30 iyun kuni bo`lib o`tgan “Kamolot” YoIH s`ezdi chog`ida Alisher Sa`dullaev O`zbekistonda chet tillarini o`rganish istiqbollari yuzasidan o`z takliflari bilan Shavkat Mirziyoevga murojaat qilganidan so`ng Prezident uni xalq ta`limi vaziri o`rinbosari etib tayinlashga ko`rsatma bergan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1