AsosiyJamiyat

​ShAVKAT MIRZIYoEV POKISTON VA AFG`ONISTON DAVLAT RAHBARLARIGA HAMDARDLIK MAKTUBI YO`LLADI

'​ShAVKAT MIRZIYoEV POKISTON VA AFG`ONISTON DAVLAT RAHBARLARIGA HAMDARDLIK MAKTUBI YO`LLADI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Pokiston hamda Afg`oniston Islom Respublikalari rahbarlariga maktub yo`lladi. Ularning matni TIV rasmiy saytida e`lon qilindi.

Xususan, Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husaynga bitilgan maktubda shunday deyiladi:

“Laxor shahrida sodir etilgan portlash oqibatida ko`plab begunoh insonlarning qurbon bo`lgani va og`ir jarohat olgani haqidagi xabar bizni qattiq qayg`uga soldi”.

Shuningdek davlatimiz rahbari Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G`ani va birodar Afg`oniston xalqiga Qobul shahrida yuz bergan mudhish terrorchilik xuruji oqibatida ko`plab begunoh insonlarning qurbon bo`lgani va og`ir jarohat olgani munosabati bilan ham ta`ziya bildirdi.

Maktubda Shavkat Mirziyoev halok bo`lganlarning va jarohat olganlarning oila a`zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik tuyg`ularini etkazib qo`yishni, jarohat olganlarni tez fursatlarda sog`ayib ketishini tiladi.

Boshqa yangiliklar