2017 yilning 25 iyul kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 16:00da Saratov viloyatining Ozinsk tumanida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi oqibatida 9 kishi jarohatlandi.
Ulardan 5 nafari O`zbekiston, 4 nafari Rossiya fuqarolari. “Lada-Largus” va “Ford Mondeo” avtomobillari to`qnashgan. O`zbekiston fuqarolari “Lada-Largus”da bo`lgan va o`rtacha og`irlikda jarohat (lat eyish va sinish) olgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi O`zbekiston Respublikasining Moskva shahridagi Elchixonasi Rossiya FVVga ma`lumotlariga asoslanib xabar berdi.
Barcha jarohat olganlar Ozinsk klinik kasalxonasiga etkazildi. O`zbekiston fuqarolariga yordam ko`rsatish maqsadida Elchixonaning konsullik bo`limi zudlik bilan Rossiya FVV bilan bog`lanib jarohatlangan O`zbekiston fuqarolari to`g`risida ma`lumot oldi:
1. Madrahimov Mahamadali Rayimberdievich, 08.12.1970y.da Andijon viloyati Oltinko`l tumanida tug`ilgan.
2. Qurbonov Sirojiddin Fayzullo o`g`li, 17.05.1995y.da Andijon viloyati Qo`rg`ontepa tumanida tug`ilgan.
3. Xolmatov Abdujabbor Toshtemirovich, 18.06.1965y.da Andijon viloyati Oltinko`l tumanida tug`ilgan.
4. Sodiqov Mirjalol Egamberdievich, 22.10.1988y.da Farg`ona viloyati Uchko`prik tumanida tug`ilgan.
5. Badalov Jamshidbek Husanboy o`g`li, 20.05.1991y.da Farg`ona viloyati Rishton tumanida tug`ilgan.
Ushbu fuqarolarning yaqinlari ularning holati to`g`risida Rossiya FVVning +7 937-639-01-43 raqami oraqli ma`lumot olishlari mumkin.
Mazkur holat O`zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi nazorati ostiga olingan.






