1

​FAVQULODDA VAZIYaTLAR VAZIRLIGIGA IShGA QABUL QILISh TO`G`RISIDA NIZOM TASDIQLANDI

Jamiyat 27.07.2017, 11:32
​FAVQULODDA VAZIYaTLAR VAZIRLIGIGA IShGA QABUL QILISh TO`G`RISIDA NIZOM TASDIQLANDI

Kasb-hunar kollejlari va oliy o`quv yurtlari bitiruvchilarini tanlab olish va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga ishga qabul qilish tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining qarori e`lon qilindi.

Ushbu Nizomga ko`ra Kasb-hunar kollejlari va oliy o`quv yurti bitiruvchilarini mutaxassis va qutqaruvchi lavozimlariga ishga qabul qilishda quyidagi talablar qo`yiladi.

a) Oliy o`quv yurti bitiruvchilari:

tabiiy hususiyatli favqulodda vaziyatlar profilaktikasi ishlarini olib borish mutaxassisligiga oliy o`quv yurtlarining tabiiy ta`lim yo`nalishlaridan birini bitirgan bo`lishi kerak (geologiya, geografiya, geofizika, biologiya, gidrologiya, meteorologiya, gidromexanika, quruqlik-gidrologiyasi, atmosfera fizikasi va shu kabi yo`nalishlar);

texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar profilaktikasi ishlarini olib borish mutaxassisligiga oliy o`quv yurtlarining texnika-texnologiya ta`lim yo`nalishlaridan birini bitirgan bo`lishi kerak (arxitektura, gidrotexnika, muhandislik-irrigasiya, muhandislik-energetika, muhandislik-mexanika, axborot texnologiyasi va shu kabi yo`nalishlar);

radiasion, kimyoviy va biologik (bakteriologik) muhofazasi ishlarini olib borish mutaxassisligiga oliy o`quv yurtlarining fizika (yadro fizikasi), kimyo, kimyo-texnologiya, biologiya, biologiya-kimyo, tibbiyot, radiologiya, sanitar-epidemiologiya, geofizika yo`nalishlaridan birini bitirgan bo`lishi kerak;

moddiy-texnik ta`minot, zaxira va qurilish yo`nalishidagi mutaxassisliklarga oliy o`quv yurtlarining engil va oziq-ovqat sanoati, iqtisodiyot, avtomobil, qurilish yo`nalishlarini bitirgan bo`lishi kerak;

Favqulodda vaziyatlar vazirligining amaldagi ishchi va xizmatchilar asosiy lavozimlar Klassifikatori talablariga muvofiq bo`lishi lozim;

muddatli harbiy xizmatni o`tagan bo`lishi kerak.

b) Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari:

mutaxassis-qutqaruvchi lavozimiga (dizenfeksiya instruktori, dozimetrist, gazdan qutqaruvchi va shu kabi barcha qutqaruvchi lavozimlariga):

yoshi 18 dan kichik 30 yoshdan katta bo`lmasligi;

bo`yi 175 smdan kam bo`lmasligi;

jismonan baqquvat, ruhan sog`lom, mustaqil fikr yuritadigan bo`lishi;

shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan holda zaharli moddalar bilan, shuningdek, sog`lig`iga ko`ra balandlikda ishlashga yaroqli bo`lishi;

muddatli harbiy xizmatni o`tagan bo`lishi kerak.

Shuningdek, qutqaruvchi-haydovchi va g`avvos-qutqaruvchi lavozimiga qo`shimcha quyidagi talablar qo`yiladi:

a) Qutqaruvchi-haydovchi lavozimiga:

kamida “VS” toifali haydovchilik guvohnomasi bo`lishi kerak;

haydovchining tibbiy ko`rikdan o`tganligi bo`yicha maxsus ma`lumotnomasi bo`lishi kerak;

yo`l harakati xavfsizligi qoidalari va shartli belgilarni mukammal bilishi zarur.

b) G`avvos-qutqaruvchi lavozimiga:

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi Sanitariya-gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan suv ostida ishlashga ruxsat berilgan bo`lishi kerak.

Har yili Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirliklari bilan birgalikda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga harbiy kafedrada tayyorgarlikdan o`tkaziladigan talabalar o`rni (kvotasi) bo`yicha taklif kiritiladi.

Harbiy kafedra bitiruvchilari Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi haqiqiy harbiy xizmatga birinchi navbatda qabul qilinadi.

Qutqaruvchi lavozimlariga nomzodlarni tanlab olish shartlari

Nomzodlar soni har bir o`ringa 4 tadan kam bo`lmaganda, ular boshqarma (tuzilma) tomonidan tuzilgan maxsus ishga qabul qilish komissiyasi ishtirokida quyidagi tartibda tanlab olinadi:

a`naviy va siyosiy dunyoqarashi bo`yicha suhbat;

psixologik test;

kasbiy bilimlarini sinovdan o`tkazish (diktant, yozma ish);

jismoniy tayyorgarlik (sport bo`yicha toifa darajasi mavjudligi inobatga olinadi).

Nizomning to`liq matni O`zAda e`lon qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1