Kuni kecha Toshkentda yuz bergan yong`in ijtimoiy tarmoqlarning eng qaynoq mavzusiga aylandi. Dastlab Toshkent shahar IIBB YoXB yong`in Ahmad Donish ko`chasida joylashgan AYoQSh hududida solyarka ortilgan sisterna yongani sabab yuzaga kelganligi ma`lum qilingandi.
Keyinroq Yong`in xavfsizligi Bosh boshqarmasi yong`in tafsilotlari haqida aniq ma`lumot berdi.
Ma`lum bo`lishicha, 2017 yilning 27 iyul kuni soat 10:31da Toshkent shahar IIBB YoXB Markaziy dispetcherlik xizmatiga, Olmazor tumani, Bayroqtol ko`chasi, 102-uyda joylashgan “12-sonli Trest” MChJ Xo`jalik hisobidagi mexanizasiyalashtirish boshqarmasining Yoqilg`i moy mahsulotlarini saqlash shahobchasida yong`in sodir bo`layotganligi haqida xabar tushgan.
Ushbu manzilga birinchi bo`linmalar soat 10:32da etib borib, ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida yong`in soat 10:48da qurshab olinib, soat 11:02da to`liq bartaraf etilgan hamda yong`in AYoQShni boshqa rezervuarlari va qo`shni binolariga tarqalishining oldi olindi.
Yong`in oqibatida 2 ta rezervuarlarda dizel yoqilg`isi hamda 1 ta konteynerli avtomobillarga yoqilg`i quyish stansiyasida AI-80 markali benzin yoqilg`isi yongan.
Yong`in oqibatida jabrlanganlar yo`q.






