AsosiyJamiyat

​O`ZBEK OAVLARI TARQATAYoTGAN AXBOROTLARGA YoSh ChEGARALARI QO`YILADI

'​O`ZBEK OAVLARI TARQATAYoTGAN AXBOROTLARGA YoSh ChEGARALARI QO`YILADI'ning rasmi

Endilikda O`zbekistonda tarqatilayotgan axborotlarga yosh tasnifi qo`yiladi. Ya`ni ma`lum bir axborotlar televidenie, internet nashrlar va boshqa axborot kanallari orqali “0+”, “7+”, “12+”, “16+”, “18+” yozuvlari bilan tarqatiladi.

Bu barcha ota-onalar uchun yana bir karra o`z farzandlari sog`lig`ini muxofaza qilish borasida qo`shimcha mas`uliyat yuklaydi, deb yozadi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbaev.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «Bolalar sog`lig`iga zarar etkazuvchi axborotdan ularni himoya qilish to`g`risida»gi Qonun loyihasi ko`rib chiqilmoqda. Qonun loyihasi bolalar sog`lig`iga zarar etkazuvchi axborotdan ularni himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.
Qonun loyihasi bilan jamoatchilikni yaqindan tanishtirish va ularning takliflarini olish maqsadida joylarda muloqotlar o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar