AsosiyJamiyat

​O`ZBEKISTONLIK MAKTAB O`QUVChILARI BOLGARIYaDA O`TGAN XALQARO MUSOBAQADA 2-O`RINNI EGALLADI

'​O`ZBEKISTONLIK MAKTAB O`QUVChILARI BOLGARIYaDA O`TGAN XALQARO MUSOBAQADA 2-O`RINNI EGALLADI'ning rasmi

O`zbekistonlik maktab o`quvchilari Bolgariyada bo`lib o`tgan “Chegara bilmas matematika” xalqaro musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, umumjamoa hisobida faxrli 2-o`rinni egalladi. Bu haqda O`zAxabar bermoqda.

Musobaqa finalida dunyoning 11 davlatidan 1 ming 200 nafardan ortiq o`quvchi ishtirok etdi. Unda o`quvchilarimiz 60 daqiqa ichida 20 matematik masalani echishga muvaffaq bo`lib, mamlakatimiz yoshlari iqtidorini yana bir bor namoyish etdi.

O`zbekiston yoshlar ittifoqining “Kamalak” bolalar tashkiloti faollari ularga faxriy yorliq, esdalik sovg`alari topshirdi.
Tadbirda ishtirok etgan ustoz-murabbiylar, sovrindor o`quvchilarning ota-onalari, jamoatchilik vakillari yosh avlod ta`lim-tarbiyasiga, ularning kamolotiga qaratilayotgan yuksak e`tibor tufayli yoshlarimiz xalqaro miqyosdagi fan va sport olimpiadalarida, nufuzli ko`rik-tanlovlarda sovrinli o`rinlarni qo`lga kiritib, yurtimiz sha`nini munosib himoya qilayotganini alohida e`tirof etdi.

Bolgariyada oltin, kumush va bronza medallar shodasini qo`lga kiritib, Vatanimiz bayrog`ini baland ko`targan yoshlarimizning yutug`i mamlakatimizda yoshlarga oid olib borilayotgan oqilona siyosatning samarasidir.

    Boshqa yangiliklar