1

​BUGUN O`ZBEKISTON OLIY TA`LIM MUASSASALARIDA TEST SINOVLARI BO`LIB O`TDI (FOTO)

Jamiyat 01.08.2017, 14:44
Teglar: Abiturient
​BUGUN O`ZBEKISTON OLIY TA`LIM MUASSASALARIDA TEST SINOVLARI BO`LIB O`TDI (FOTO)

Bugun yurtimizning barcha Oliy ta`lim dargohlarida kirish imtihonlari bo`lib o`tdi.

Bu yil talaba bo`lish istagida 729 ming 947 nafar abiturient o`qishga hujjat topshirgan. Shulardan 66 316 nafari talabalik baxtiga muyassar bo`ladi, shundan – 18194 davlat grantlari, 48122 esa to`lov-shartnoma asosida.

Respublika bo`yicha tanlov o`rtacha bir o`ringa 10,96 kishini tashkil qildi.

Bu yili oshirilgan stavka bo`yicha ham abiturientlarni qabul qilish ko`zda tutilgan.

Bundan tashqari Prezident Qarori bilan tashkil etilgan Chirchiq davlat pedagogika institutiga 2017/2018 o`quv yili uchun 750 ta qabul kvotasi ajratilgan bo`lib, Institutga talabalar kontingentini Toshkent viloyatida doimiy yashayotgan Toshkent davlat pedagogika universiteti va boshqa turdosh oliy ta`lim muassasalariga hujjat topshirib, mazkur ta`lim muassasalariga belgilangan to`lov-kontrakt kvotalari doirasida o`qishga qabul qilinmagan mos va turdosh ta`lim yo`nalishlari abiturientlar talaba bo`lish imkoniga ega.

Bugungi test sinovlari ko`pchilik uchun tom ma`noda sinovga aylandi. Kimdir shpargalka bilan qo`lga tushib testga kiritilmagan bo`lsa, yana kimdir imtihon jarayonida qo`lga tushib imtihondan chetlashtirildi.

Xullas, bu yilgi imtihon natijalari bo`yicha eng munosiblar saralanib, talaba bo`lish baxtiga muyassar bo`lishadi deb ishonch bilidirib qolamiz.



FOTO: infoCOM.UZ

Sharhlar

Qorаqalpog`istonda 29 nafar abiturientni o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan "DTM xodimi" ushlandi

24.09.2021, 10:27

Qorqalpog`istonda 29 nafar abiturientni o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan "DTM xodimi" ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.Qayd etilishicha, fuqaro R.E. boshqa bir fuqaro...
Buxorolik abiturient imtihonda eng yuqori ballni to`plab Prezident grantini qo`lga kiritdi

07.08.2021, 19:21

Romitan tumanidagi 33-umumta`lim maktabi bitiruvchisi Baxtiyor Karvonov oliy ta`limga kirish uchun o`tkazilgan test sinovlarida 70 ta test topshiriqlarining barchasini to`g`ri bajarib, 189 ballni qo`lga kiritdi...
Harorati yuqori va koronavirusga chalingan abiturientlar uchun qayta test sinovi tashkil etish tartibi tasdiqlandi

07.08.2021, 17:02

"Covid-19 pandemiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini inobatga olib 2021-2022-o`quv yilida oliy ta`lim muassasalari bakalavriatiga kirish uchun test sinovlarini o`tkazishda sanitariya-epidemiologiya talablarini belgilash tartibini tasdiqlash haqida" Davlat...
Abiturientlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

30.07.2021, 23:08

2021-2022-o`quv yilida oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga o`qishga kirish uchun onlayn ro`yxatdan o`tgan abiturientlarga «Abiturient ruxsatnomasi»ni berish boshlandi. Bu haqda DTM xabar berdi."Abiturientlar test...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1