1

CAMARQANDDA YaRIM TONNA ETIL SPIRTI ORTILGAN “LASETTI” TO`XTATIB QOLINDI

Jinoyat 02.08.2017, 10:57
CAMARQANDDA YaRIM TONNA ETIL SPIRTI ORTILGAN “LASETTI” TO`XTATIB QOLINDI

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo`limi xodimlari ichki ishlar idoralari vakillari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida yirik miqdordagi etil spirtining noqonuniy aylanmasini fosh qilishdi.

Viloyat hududida harakatlanayotgan «Lacetti» rusumli avtomashinasi boshqarayotgan fuqaro H.Eshimov dastlab huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillarining to`xtash ishorasiga buysunmasdan, gazni bosadi. Ammo, qochishga urinishlar naf bermadi.

To`xtatilgan avtomashina huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari va xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, avtomashina saloni va yukxonasiga 23 dona elim idishlar ortilgani aniqlandi.

Elim idishlarda esa umumiy hajmi 500 litr bo`lgan spirt borligi ma`lum bo`lib, haydovchi keyinchalik qayta sotish uchun ko`zlangan ushbu mahsulotga tegishli bironta ham hujjatni bojxonachilarga taqdim qila olmadi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. Tezkor tadbir davomida olib qo`yilgan 500 litr spirt va “Lasetti” avtomashinasi vaqtincha saqlovga topshirildi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasi bojxona hududiga etil spirtini olib kelishni va uning tranzitini taqiqlash to`g`risida” 1998 yil 15 maydagi 213-sonli qaroriga binoan O`zbekiston Respublikasi bojxona hududiga etil spirtini transportning barcha turlari bilan olib kelish taqiqlangan. Etil spirtining O`zbekiston Respublikasi bojxona hududi orqali tranziti faqat Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan amalga oshiriladi.

Mazkur qarorga ko`ra O`zbekiston Respublikasi bojxona hududiga etil spirti g`ayriqonuniy olib kelinganda va tranzit orqali o`tkazilganda hamda shunday hollar korxonalarda va savdoda aniqlanganda spirtni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o`tkazish bo`yicha tegishli chora-tadbirlar ko`riladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1