AsosiyJamiyat

​“O`ZEKSPOMARKAZ”DA ILK BOR TEST SINOVLARI BO`LIB O`TDI

'​“O`ZEKSPOMARKAZ”DA ILK BOR TEST SINOVLARI BO`LIB O`TDI'ning rasmi

“O`zekspomarkaz” ko`rgazmalar majmuasiga Toshkent davlat yuridik universitetida o`qish niyatida ariza topshirgan 6 ming 120 dan ortiq abiturient kirish imtihonlarini topshirdi.

Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan o`tgan yillardan farqli o`laroq joriy yilda test sinovlari “O`zekspomarkaz”ning har biri 1 mingdan ziyod abiturientni qamrab oluvchi pavilonlari va boshqa binolarida o`tdi. Bu yangicha yondashuvning konsepsiyasi, avvalo, barcha abiturientlar uchun teng shart-sharoitlarni yaratish, test sinovlarini o`tkazish jarayoni yuzasidan bir xil nazoratni ta`minlashdan iboratdir.

Test sinovlarining borishini sifatli tashkil etish uchun nafaqat universitet xodimlari, balki o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari vakillari, 130 dan ortiq prokuratura xodimlari ham jalb qilindi, – deydi universitet qabul komissiyasi raisi o`rinbosari Mansurxon Kamolov O`zA muxbiriga.

Binolarga maxsus videokuzatuv kameralari o`rnatilib, test jarayoni to`g`ridan-to`g`ri abiturientlarning ota-onalari, yaqinlari uchun hozirlangan kutish maydonlaridagi uch yirik monitorga hamda internet tarmog`i orqali keng jamoatchilikka uzluksiz uzatib turildi.

Barcha pavilon va auditoriyalar ichimlik suvi, sovutish tizimi, zarur hollarda foydalanish uchun ovoz kuchaytirgichlar bilan ta`minlangani test jarayonining yanada sifatli o`tishiga xizmat qildi.

    Boshqa yangiliklar