AsosiyJamiyat

​TIVDA POKISTON ELChISI BILAN UChRAShUV BO`LIB O`TDI

'​TIVDA POKISTON ELChISI BILAN UChRAShUV BO`LIB O`TDI'ning rasmi

2017 yilning 2 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Pokiston Islom Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Irfon Yusuf Shami bilanuchrashdi.

Vazir Elchining ishonch yorliqlari nusxasini qabul qildi.

Muloqot chog`ida O`zbekiston-Pokiston munosabatlarining holati, Pokistonning ShHTning teng huquqli a`zosi ekanligini hisobga olgan holda siyosat va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlikning hamda savdo-iqtisodiy, investisiya, madaniy-gumanitar jabhalardagi o`zaro manfaatli aloqalarni chuqurlashtirishning istiqbolli yo`nalishlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda hamkorlikni tizimli asosda kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ta`kidlandi va shu munosabat bilan aniq ikki tomonlama tadbirlar, jumladan O`zbekiston va Pokiston ishbilarmon doiralari vakillari o`rtasidagi turli shakllardagi aloqalarni faollashtirish bo`yicha choralarni o`z ichiga oluvchi «Yo`l xaritasi»ni birgalikda ishlab chiqish borasidagi o`z mulohazalarini bildirishdi.

Uchrashuvda ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

    Boshqa yangiliklar