AsosiyDunyo

​TERISIDAGI NUQSONLARNI SAN`AT ASARIGA AYLANTIRGAN QIZ

'​TERISIDAGI NUQSONLARNI SAN`AT ASARIGA AYLANTIRGAN QIZ'ning rasmi

Bu qiz bolaligidanoq juda kam uchraydigan teri kasalligiga duchor bo`lgan, deb xabar beradi Onedio.ru nashri.


Bir kuni u bu muammo haqida qayg`urishni bas qilib, terisidagi nuqsonli joylarga kamalakning suratini chizdi. Mazkur suratlardan qizning o`zi hayratga tushdi.

1. Juda kam uchraydigan kasallik

Tanishing, bu qizcha Hindistonning sershovqin shahri bo`lgan Nyu-Deli shahrida yashovchi Kartiki Bxatnagardir. U 7 yoshga to`lganda shifokorlar unga Vitiligo, deb tashxis qo`ydi.

2. Ajoyib fikr

Bir kuni Kartikining xayoliga terisidagi nuqsonli joylarga rasm chizish fikri keldi.

3. O`z tanasiga yangicha nigoh bilan qarash

Kartiki hayratlanarli natijalarga erishdi!

4. O`z ustida ishlash

Qiz endi o`z tanasiga boshqacha nigoh bilan qarashini tan oldi va tanasiga yanada yorqinroq suratlar chiza boshladi.

5. O`zini baxtli his qilgan Kartiki

“Ilgari o`zimga bo`lgan ishonchim juda past edi. Endi esa juda baxtliman!”, deydi Kartiki.

6. “Bu endi muammo emas”

“Agar biror inson muammomni hal etish uchun yordam berishni taklif etsa, rad etaman. Endi men uchun hech qanday muammo mavjud emas!”, deydi qiz.

    Boshqa yangiliklar