AsosiyJamiyat

​QAShQADARYoDA 3-QAVAT OYNASIDAN PASTGA TUShMOQChI BO`LGAN 4 YoShLI BOLA QUTQARIB QOLINDI

'​QAShQADARYoDA 3-QAVAT OYNASIDAN PASTGA TUShMOQChI BO`LGAN 4 YoShLI BOLA QUTQARIB QOLINDI'ning rasmi

Mazkur holatning kelib chiqishiga bolaning kun davomida qarovsiz uyda yolg`iz qolib ketganligi sabab bo`lgan.

2017 yilning 1 avgust kuni kech soat 21:00da Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining tezkor navbatchi guruhiga kelib tushgan ma`lumotga ko`ra, Qarshi shahrida yashovchi 2013 yilda tug`ilgan F.M. 3-qavatdagi uyning derazasini ochib oynadan pastga tushmoqchi bo`layotganiligi to`g`risida qo`shnilari tomonidan xabar berilgan.

Olingan tezkor xabar bo`yicha, mas`ul navbatchi guruhi zudlik bilan soat 21:10da voqea joyiga etib borib, bolani maxsus tog` anjomlari yordamida hech qanday tan jarohatsiz 5 qavatli uyning qo`shni xonadoni orqali 3-qavatga tushib, F.M. xonadonining ochiq oynasi orqali pastga olib tushib qutqarib qolishdi.

Qarshi shahar FVB tomonidan tezkor amalga oshirilgan qutqaruv ishlari natijasida, sodir bo`lishi mumkin bo`lgan baxtsiz hodisaning oldi olindi. Qarovsiz qoldirilgan F.M bolaning ota-onasi bilan bog`lanib bo`lmaganligi tufayli sog`-salomat IIB xodimlariga topshirildi.

    Boshqa yangiliklar