AsosiyJamiyat

​TOShKENT ShAHAR HOKIMLIGI “OZODLIK” RADIOSIDA E`LON QILINGAN MUAMMONI O`RGANIB ChIQDI

'​TOShKENT ShAHAR HOKIMLIGI “OZODLIK” RADIOSIDA E`LON QILINGAN  MUAMMONI  O`RGANIB ChIQDI'ning rasmi

Toshkent shahar hokimligi “Ozodlik” radiosining “Facebook” sahifasida e`lon qilingan Toshkent shahridagi 9 qavatli sobiq yotoqxonalardan birida oilasi bilan istiqomat qilayotgan fuqarolardan birining yondosh ochiq xonada ochiq shchit tufayli yuzaga kelayotgan muammolari o`rganib chiqildi. Bu haqda hokimlik Axborot xizmati xabar berdi.

O`rganish jarayonida ushbu yotoqxona Yashnobod tumani, Aviasozlar 2-dahasi, 37 uy, ya`ni sobiq Aviasozlar birlashmasining 22-sonli to`qqiz qavatli yotoqxonasining 103-xonasi bo`lib chiqdi. Xonadon egasi Muqaddas Haydarova oilasi bilan 2015 yilning 2 fevralidan buyon joyda istiqomat qilib kelishi ma`lum bo`ldi. Fuqaro murojaatida bildirilgan salbiy holatlar, jumladan M.Haydarova egallab turgan xonaga tutash bo`lgan shitxona butun binoni elektr quvvati bilan ta`minlovchi shit hisoblanadi. Uning alohida yopiq kichik xonada bo`lishi bino loyihasida belgilangan. Masala joyga chiqib o`rganilganda shitxona eshigi yo`qligi hamda qarovsiz ahvolda ekanligi o`z tasdig`ini topdi. Mutaxassislar tomonidan ushbu salbiy holat tezda bartaraf etildi. Shitxonaning tashqi ko`rinishi to`liq tartibga keltirilib, uning kirish qismiga qulfli eshik o`rnatildi.

Lekin fuqaroning shahar hokimi qarori bilan uyning yarmi olib qo`yilmoqchi degan da`volari mantiqqa zid. Chunki, bu kabi qaror umuman qabul qilinmagan, qabul qilinishi ham mumkin emas. Aksincha, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 iyundagi “O`zbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to`g`risidagi Nizomga o`zgartirish kiritish haqida”gi qaroriga asosan fuqarolarga 2018 yil 1 iyuligacha uy-joylarni xususiylashtirish imkoniyati berilgani tushuntirilgan. Bunga yotoqxonalarda doimiy yashab kelayotgan fuqarolar toifasi ham kiradi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Ozodlik” murojaatlar ichiga chuqurroq kirib, bildirilgan e`tirozlar haqqoniyligiga to`liq ishonch hosil qilgandan so`ng e`lon qilinishini maqsadga muvofiq deb bilamiz.

    Boshqa yangiliklar