1

​BUGUN ROSSIYaLIKLAR QIZIL OYNI KO`RIShGA MUVAFFAQ BO`LIShADI

Dunyo 07.08.2017, 09:57
​BUGUN ROSSIYaLIKLAR QIZIL OYNI KO`RIShGA MUVAFFAQ BO`LIShADI

Bugun, 7 avgust kuni Rossiya hududida qisman Oy tutiladi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Mazkur hodisani bugun Rossiya hududida soat 20:24 dan 22:19 gacha bo`lgan vaqtda kuzatish mumkin. Aynan shu paytda Oy Er soyasining shimoliy qismidan o`tib, gardishining to`rtdan bir qismi maksimal darajada ko`rinmaydi.

Astronomlarning ma`lumot berishicha, mazkur holatni ochiq ob-havo sharoitida biror asbobsiz ham kuzatish mumkin. Oy gardishining ma`lum qismi to`q qizil rangga kiradi.

Olimlar shu bilan birga 12 avgustdan 13 avgustga o`tar kechasi osmondan “yog`ilgan yulduzlarni” tomosha qilishlari mumkinligini ma`lum qilishdi. Aynan shu kuni meteorlar oqimini ham kuzatish mumkin bo`ladi.

Shimoliy Amerika aholisi esa 21 avgust kuni to`liq Quyosh tutilishiga guvoh bo`lishadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1