AsosiyJinoyat
7335

ShIFOXONADA OShKOR ETILGAN O`G`IRLIK

'ShIFOXONADA OShKOR ETILGAN O`G`IRLIK'ning rasmi

IIBB axborot xizmati xabariga ko`ra, 2017 yilning 2 avgust kuni taxminan soat 10:30 larda, Raxmatxonova Muqaddas Adilovna, Uchtepa tumanida joylashgan shifoxonaning muolaja xonasida bo`la turib, shu erda qarovsiz qoldirilgan fuqaro Koltinova Olga Alekseevnaga tegishli sumkasi ichidan 1.000.000 so`m pullarini o`g`irlagan.

Mazkur holat yuzasidan, Uchtepa tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi (o`g`irlik, ya`ni o`zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchining anketa ma`lumotlari o`zgartirilgan bo`lib, familiyasi va ismining har qanday o`xshashligi tasodifiy harakterga ega.

Diqqat!!!

Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko`rganlar bo`lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishi mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar