AsosiyJamiyat

​POYTAXTDA QURUVChILAR BAYRAMI NIShONLANDI

'​POYTAXTDA QURUVChILAR BAYRAMI NIShONLANDI'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoevning shu yil 7 avgustdagi “O`zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kunini nishonlash to`g`risida”gi farmoniga muvofiq, 2017 yildan boshlab avgust oyining ikkinchi yakshanbasi “O`zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni”, deb e`lon qilindi. Shu munosabat bilan poytaxtimizda tantanali tadbir bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Tadbirga usta binokorlar, me`mor va loyihachilar, pudratchi tashkilotlar vakillari, mehnat faxriylari, soha ilg`orlari taklif etildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimiz qurilish sohasi xodimlariga yo`llagan tabrigini O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov o`qib eshittirdi.

Soha fidoyilarining tinimsiz mehnati va izlanishlari samarasida so`nggi yillarda poytaxtimizda qad rostlagan “Bunyodkor” stadioni, “Xayatt Rijensi” mehmonxonasi, Inha universiteti filiali, “Minor” masjidi, Farg`ona shahridagi san`at saroyi va futbol stadioni, Jizzax shahridagi stadion va universal sport kompleksi, Urganch shahridagi universal sport kompleksi va Navoiy davlat konchilik instituti bino-inshootlari bugun nafaqat quruvchi-bunyodkorlarimiz, balki har bir yurtdoshimizda faxr va g`urur hissini uyg`otayotgani ayni haqiqat.

Tadbirda Prezidentimizning shu yil 10 avgustdagi “Mamlakatimiz qurilish sohasi xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to`g`risida”gi farmoniga muvofiq, bir guruh soha vakillari davlatimizning faxriy unvon, orden va medallari bilan taqdirlandi.

Bayramda taniqli san`atkorlar ijrosida konsert namoyish etildi.

    Boshqa yangiliklar