O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Olmaliq shahrida qurilishi ko`zda tutilayotgan yangi ijtimoiy ob`ektlar va obodonlashtirish ishlari bilan tanishmoqda.
Bu haqda Prezidentning Facebook`dagi sahifasida ma`lum qilindi.
Olmaliq shahrining 2035 yilga mo`ljallangan bosh rejasiga muvofiq, endilikda shaharda 10 ta 7 qavatli zamonaviy arzon uy, barcha talablarga javob beradigan dehqon bozori, gipermarket, aholining ko`ngildagidek hordiq chiqarishi uchun madaniyat va istirohat bog`lari, bolalar shifoxonalari, yosh ijodkorlar uyi va boshqa ijtimoiy ob`ektlar bunyod etiladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti shuningdek shahar markazining 5-2 massivida qad ko`tarayotgan 7 qavatli arzon uylarni qurish jarayoni bilan tanishdi va odamlarni 2-3 xonali uylar bilan ta`minlashga qaratilgan ushbu loyiha yuzasidan o`z fikr-mulohazalarini bildirdi.






