AsosiyJinoyat

ANDIJONDA BIR GURUH ShAXSLAR ChOYXONANI QIMORXONAGA AYLANTIRDI

'ANDIJONDA BIR GURUH ShAXSLAR ChOYXONANI QIMORXONAGA AYLANTIRDI'ning rasmi

Andijon viloyatida o`tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida Asaka shahrida bir guruh shaxslar “Otalar choyxonasi”ni qimorxonaga aylantirgani aniqlandi.

Asaka tumanida yashovchi, 1961 yilda tug`ilgan B.I., shu tumanda joylashgan «Otalar choyxonasi»da 1990 yilda tug`ilgan A.O., 1964 yilda tug`ilgan A.A., 1965 yilda tug`ilgan A.U., 1961 yilda tug`ilgan S.D. va 1966 yilda tug`ilgan T.G.larga o`rtaga pul tikib qimor o`ynashlariga sharoit yaratib bergan.

Ulardan ashyoviy dalil sifatida 4 dona oshiq suyaklari, 7 dona elim stakan, qimorga tikilgan 800 ming so`mga yaqin pullar olindi.

Andijon viloyati IIB Matbuot xizmatining xabar berishicha, holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar