AsosiyJinoyat

​ZANGIOTA TUMANIDA NOMA`LUM ShAXS BIR OILANING 3 VAKILINI VAHShIYoNA O`LDIRDI

'​ZANGIOTA TUMANIDA NOMA`LUM ShAXS BIR OILANING 3 VAKILINI VAHShIYoNA O`LDIRDI'ning rasmi

Facebook ijtimoiy tarmog`ida Shomahmud Inayatov ism-sharifli foydalanuvchi Toshkent viloyati, Zangiota tumanidagi Nazarbek dahasida istiqomat qiluvchi qarindoshining oilasida yuz bergan fojiani tilga olgan, deb yozadi "Daryo".

Ma`lum qilinishicha, 14 avgust, dushanba kuni rasmda tasvirlangan shaxs «o`g`lingizdan xabar olib keldim», deb xonadonga kirib kelgan. Uyda 70 yoshdan oshgan otaxon, u kishining 50 yoshli qizi, nabirasi va yoshi katta nogiron amma bo`lgan. Otaxon bilan uzoq vaqt suhbat qurib o`tirgan «mehmon» bir kecha uyda qolishga ruxsat so`raydi. U kishi «bemalol qolavering» deya ijozat beradi.

Kechki soat 02:00 larda u turib, uxlab yotgan otaxonni bo`g`izlab o`ldiradi. Yalinib-yolvorishiga qaramay nogiron ammani, keyin otaxonning qizlarini chavaqlab tashlagan. Nabiralari divan ostiga berkinib olgani uchun topa olmagan va uydan tongga yaqin chiqib ketgan.

Xabar berilishicha, 15 avgust, seshanba kuni asr namozidan so`ng Nazarbekdagi Said Vaqqos ota qabristoniga bir oilaning uch vakili — otaxon, u kishining qizi va nogiron amma dafn qilindi.

Shomahmud Inoyatov ushbu kimsani tanigan yoki ko`rganlardan rasmdagi telefon raqamlariga qo`ng`iroq qilishni so`ragan. Jinoyatchi topilgani haqida hozircha aniq ma`lumot berilmagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar