1

​ANDIJON VILOYaTIDA O`ZGALAR MULKINI O`G`IRLAGAN AYoL QO`LGA OLINDI

Jinoyat 22.08.2017, 12:20
​ANDIJON VILOYaTIDA O`ZGALAR MULKINI O`G`IRLAGAN AYoL QO`LGA OLINDI

Andijon viloyati Paxtaobod tumani Toshqo`rg`on mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi, 1954 yilda tug`ilgan K.F.ning yashash uyiga noma`lum shaxslar ochiq qolgan darvozasi orqali kirib, yotoqxonasidagi shkaf tortmasidan jami 3100 AQSh dollari, 2000 Rossiya rubli, narxi 1000 AQSh dollariga teng bo`lgan 2 dona tilla zanjir, 3 dona tilla uzuk va 3 juft tilla sirg`alarini o`g`irlab ketgan.

Tozalash-Antiterror tadbiri davomida, Paxtaobod tuman IIB xodimlarining tezkor surishtiruv harakatlarining natijasida jinoyat sodir etgan shaxs ushlandi. U Andijon viloyati Paxtaobod tumanida yashovchi, 1998 yilda tug`ilgan K.M. ismli ayol ekanligi aniqlandi va undan daliliy ashyo sifatida 2600 AQSh dollari, 1000 Rossiya rubli va 80000 so`m pullar olingan. Andijon viloyati IIB Matbuot xizmati xabariga ko`ra, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1