1

FARG`ONADA UCh YIGIT OG`IR JINYaTGA QO`L URDI

Jinoyat 23.08.2017, 09:58
FARG`ONADA UCh YIGIT OG`IR JINYaTGA QO`L URDI

Farg`ona viloyatining Uchko`prik tumanida 3 nafar yigit, ayni kuchga to`lganida, jamiyatga nafi tegishi o`rniga hech qaerda ishlamasdan, bilakdagi kuchlarini bezorilik, o`g`irlik, bosqinchilik kabi jinoyatlar ko`chasiga sarflashni o`zlariga kasb qilib olishadi.

Ayanchlisi, ularning sayyoq yurishlari oqibatidagi jinoyatlarining so`ngisi qotillik bo`ldi, deya xabar berdi O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.

Uchovlon Uchko`prik tumani Yakkamulla qishlog`idagi xonadonlarning biriga yarim tunda devordan oshib kirib, yotoqxonadagi temir seyfni ochmoqchi bo`lganlarida xonadon egasi uyg`onib qolib, ularga qarshilik ko`rsatgan. Jinoyatchilar xonadon egasi va uning turmush o`rtog`ining turli joylariga pichoq bilan tan jarohati etkazib, hech narsa olmay voqea joyidan yashiringanlar. Er-xotinlar og`ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.
Hamkorlikda olib borilgan tezkor harakatlar natijasida jinoyatchilarning shaxsi aniqlanib, qo`lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir qator moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1