1

​TOShKENTDA 27 YoShLI YIGIT TEXNIKA DO`KONIDAN QARIYB 10 MILLION SO`MLIK TELEFONLARNI O`G`IRLAB KETDI

Jinoyat 24.08.2017, 16:23
​TOShKENTDA 27 YoShLI YIGIT TEXNIKA DO`KONIDAN QARIYB 10 MILLION SO`MLIK TELEFONLARNI O`G`IRLAB KETDI

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida noma`lum shaxs A.Navoiy ko`chasi 44-uyda joylashgan “Grand Mobile Set” MChJga qarashli do`konga kalit tanlash yo`li bilan kirib, u erdan katta ko`p sonli mobil telefon apparatlarini o`g`irlab ketgan.

Ya`ni, Toshkent viloyati Zangiota tumani Beshrakat mahallasida yashovchi, 1986 yilda tug`ilgan A.G`.ga tegishli umumiy qiymati 9.200.000 so`mlik 13 dona “Samsung”, 2 dona “I Phone”, 1 dona “Xiomi”, 2 dona “Nts”, 8 dona “Nokiya”, 2 dona “Seria”, 5 dona “Blekberriy” rusumli mobil telefonlarini o`g`irlab ketgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko`rilgan tezkor choralar natijasida Mazkur jinoyatni Shayxontohur tumanida yashovchi, ishlamaydigan, muqaddam sudlangan, 1990 yilda tug`ilgan Sh.B sodir etganligi aniqlanib ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O`zR JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1