AsosiyJinoyat
6891

MAXSUS QIDIRUVDAGI JINOYaTChI QOZOG`ISTONDA UShLANDI

'MAXSUS QIDIRUVDAGI JINOYaTChI QOZOG`ISTONDA UShLANDI'ning rasmi

Andijon viloyati IIB matbuot xizmati xabariga ko`ra maxsus qidiruvdagi jinoyatchi Qozog`iston Respublikasining Olmaota shahrida qo`lga olingan.

Xabarda aytilishicha, Oltinko`l tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan «Qidiruv» va «Tozalash-Antiterror» tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasining 1-qismi, 244-1-moddasining 3-qismi va 244-2-moddasining 1-qismida ko`rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, tergovdan yashiringanligi uchun 05.02.2017 yildan qidiruvda bo`lgan, Oltinko`l tumani Madiyarchek maxallasida yashagan, 1969 yilda tug`ilgan Yu.Z.ning Qozog`iston Respublikasining Olmaota shahridan keltirilishi ta`minlandi.

U hozirda IIV VSXga joylashtirilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar