AsosiyJamiyat

​TOShKENTDA BAYRAM ARAFASIDA JAMOAT TRANSPORTINING YaNGI YO`NALIShLARI YO`LGA QO`YILADI

'​TOShKENTDA BAYRAM ARAFASIDA JAMOAT TRANSPORTINING YaNGI YO`NALIShLARI YO`LGA QO`YILADI'ning rasmi

Toshkent shahri aholisi va mehmonlariga yo`lovchi transporti xizmatlarini ko`rsatishda yanada qulaylik yaratish,yo`lovchilarning transportga bo`lgan ehtiyojini yanada to`liq qondirish, fuqarolarning murojaatlarini qanoatlantirish maqsadida, O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi bayrami tantanalari munosabati bilan Toshkent shahar hokimligi yo`lovchi transportining barcha turlari harakatini lisenziyalash va muvofiqlashtirish Departamenti tomonidan yangi yo`nalishli taksi yo`nalishlarini tashkil qilish hamda yo`nalishlar harakatiga o`zgartirishlar kiritish rejalashtirilgan.

Yo`nalish raqami

Yo`nalish nomi

Yo`nalish harakatlanuvchi manzillar

Izoh

Yangi tashkil etilayotgan yo`nalishli taksi yo`nalishlari

1

10m

Qo`yliq bozori –

Farxod bozori

Qo`yliq bozori, Farg`ona yo`li, Munis ko`chalari, Qo`yliq 5-, 6-, 7-, Qumariq, O`zgarish mavzelari, Janubiy vokzal, Cho`pon ota ko`chasi, Birodarlik monumenti, Bunyodkor stadioni, M.Ulug`bek metrosi, G`.G`ulom istirohat bog`i, Chilonzor 6-, 8-, 9-mavzelari, Lutfiy ko`chasi, Farxod bozori

Ushbu yangiyo`nalish yo`lovchilar tomonidan yo`llangan murojaatlar asosida tashkil qilinmoqda.

2

32m

Aviasozlar bozori –

Chilonzor buyum bozori

Aviasozlar bozori, Beshariq, Izzat, Uysozlar, Farg`ona yo`li, Yangi Qo`yliq ko`chalari, Qo`yliq 5-, 6-, 7-, Qumariq, O`zgarish mavzelari, Do`mbirabod mavzesi, Olmazor metrosi, Chilonzor buyum bozori

Ushbu yangiyo`nalish yo`lovchilar tomonidan yo`llangan murojaatlar asosida tashkil qilinmoqda.

3

33m

Do`stlik 2-mavzesi –

Erkin qo`rg`oni

Do`stlik 2-mavzesi, Qo`rg`ontepa, Qipchoq, Yangi Sergeli yo`li ko`chalari, Yarmarka bozori, Sergeli xokimiyati, Avtomobil bozorlari, Sergeli 5-, 6-, 7-mavzelari, THAY, Choshtepa ko`chasi, Erkin qo`rg`oni

Ushbu yangi yo`nalish Sergeli tumanidagi Choshtepa ko`chasi, Erkin qo`rg`oni aholisining murojaatlari asosida tashkil etilmoqda. Mazkur yo`nalishni tashkil qilinishi Choshtepa ko`chasi aholisini Sergeli tumanining markaziy qismlarigacha qatnashlarida qulaylik yaratadi.

4

34m

Chuqursoy t.y. stansiyasi –

Chorsu savdo markazi

Chuqursoy temir yo`l stansiyasi, Tosho`yinchoqlar fabrikasi, Chuqursoy korxonasi, Qoraqamish 1/2-mavzesi, ATP-1, Qorasaroy ko`chasi, 2-tug`ruqxona, Nurafshon ko`chasi, Sag`bon ko`chasi, Eski Jo`va bozori, Chorsu bozori, Chorsu mehmonxonasi, Chorsu savdo markazi

Ushbu yangi yo`nalish Olmazor tumanidagi Navbahor, Ibrohim ota, Gulzor mahalla fuqarolari yig`inlari murojaatlari asosida tashkil qilinmoqda.

5

35m

Aviasozlar bozori –

Yunusobod 9-dahasi

Aviasozlar bozori, Aviasozlar saroyi, Lisunov kinoteatri, Mexanika zavodi, Qorasuv 6-mavzesi, Do`rmon yo`li ko`chasi, Akademiklar shaharchasi, Elektrokabel zavodi, 8-avtobus saroyi, 5-bolalar shifoxonasi, Megaplanet gipermarketi, Yunusobod Universam bozori, Yunusobod 8-, 9-dahalari

Ushbu yangi yo`nalish Yangi shahar ko`chasini Chinobod ko`chasidan Do`rmon yo`li ko`chasigacha bo`lgan qismi qurilib foydalanishga topshirilganligi munosabati bilan, yangi barpo etilgan ko`chada yangi yo`nalish tashkil qilish va ko`cha bo`ylab joylashgan xonadonlarda istiqomad qiluvchi aholi murojaatlarini qanoatlantirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Bundan tashqari, mazkur yo`nalishni tashkil qilinishi Qorasuv ko`chasidagi Lisunov kinoteatrini Aviasozlar bozori bilan to`g`ri yo`nalishda bog`laydi hamda Yashnabod tumani aholisining ham bir qator murojaatlarini qanoatlantiradi.

6

48m

Yunusobod 17-dahasi –

Izza mavzesi (Karvon bozori)

Yunusobod 17-dahasi, Sayram bozori,Xo`rozcha do`koni,Yunusobod 12-dahasi, Megaplanet gipermarketi, Yunusobod Universam bozori, A.Donish ko`chasi, Kichik halqa yo`li, Nazarbek ko`prigi, Karvon bozori, Izza mavzesi

Ushbu yangi yo`nalishYunusobod 14-, 15-, 17-, 18-, 19-dahalarida istiqomad qiluvchi fuqarolar murojaatlari asosida tashkil qilinmoqda.

7

50m

Yuqori Beshqo`rg`on mahallasi – Istiqlol ko`chasi

Yuqori Beshqo`rg`on mahallasi, Qoraqamish 2/4-mavzesi, Tansiqboev bozori, Farg`ona kafesi, GSKB, Olmazor DSI, Qorasaroy ko`chasi, 2-tug`ruqxona, Nurafshon ko`chasi, Taxtapul, Malika fabrikasi, Labzak mavzesi, Anxor Lokomativ, Osiyo Grand mehmonxonasi, Jasorat monumenti, Qashqar mavzesi, Oloy bozori, Istiqlol ko`chasi

Ushbu yangi yo`nalish Olmazor tumanidagi Yuqori Beshqo`rg`on, Tabassum, Tepaguzar, G`alaba mahalla fuqarolari yig`inlari murojaatlari asosida tashkil etilmoqda.

8

126m

Bardanko`l qo`rg`oni –

Istiqlol ko`chasi

Bardanko`l qo`rg`oni, Majnuntol mahallasi, Suvsoz mavzesi, Baxt ko`li, Roxat, Yangiobod dehqon bozori, Tuzel mavzesi, Lisunov kinoteatri, Aviasozlar saroyi, Yashnobod TIIB, Do`stlik metrosi, Mashinasozlar metrosi, 1-Tibbiyot akademiyasi, Ekopark, O`zbekiston ovozi ko`chasi, Dunyo supermarketi, Oloy bozori, Istiqlol ko`chasi

Ushbu taklif Toshkent viloyatining Bardanko`l qo`rg`oni va Toshkent shahar Bektemir tumanining Majnuntol mahallasi aholisi murojaatlari asosida tashkil etilmoqda.

Yo`nalish raqami

Yo`nalish nomi

Yo`nalish harakati o`zgartirilayotgan manzillar

Izoh

Harakatiga o`zgartirish kiritilayotgan yo`nalishli taksi yo`nalishlari

1

9i

Qo`yliq bozori –

Chilonzor buyum bozori

Yo`nalishning Chilonzor buyum bozoridan Qo`yliq bozori tomon harakati Munis, Farg`ona yo`li, THAY ko`chalari orqali“Qo`yliq markaz-4” avtoshohbekatigacha tashkil qilinadi.

Yo`nalish harakati “Qo`yliq markaz-1” avtoshohbekati faoliyati tugatilganligi sababli hamda “Qo`yliq markaz-4” avtoshohbekati-dagi yo`lovchilarning transportga bo`lgan ehtiyojini qondirish maqsadida o`zgartirilmoqda.

2

18m

2-oilaviy poliklinika –

Aviasozlar bozori

Yo`nalishning “2-oilaviy poliklinika” so`nggi bekati Yangi Qo`yliq ko`chasi orqali “Qo`yliq 2-mavzesi” bekatigacha, “Aviasozlar bozori” so`nggi bekati Aviasozlar, Elbek ko`chalari orqali “Do`stlik metrosi” avtoshohbekatigacha uzaytiriladi.

Yo`nalish harakatigaToshkent shahar Yashnabod tumanidagi Shoximardon, Nodira, Katta Yangiobod, Hosiyatli mahalla fuqarolari yig`inlarining murojaatlari asosida o`zgartirish kiritilmoqda.

3

37m

5-bolalar shifoxonasi –

Janubiy vokzal

Yo`nalish harakati metroning “Chilonzor” bekatidan Kichik halqa yo`li, Do`mbirabod, Gavhar, Yangi Sergeli yo`li ko`chalari, Avtomobil bozori, Sergeli hokimiyati, Yarmarka bozori, Obihayot, Fayzli, Xonabod ko`chalari orqali Quruvchilar mavzesigacha uzaytiriladi.

Ushbu yo`nalish harakatiga Toshkent shahar, Sergeli tumanidagi va Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi Xonabod mahalla fquqarolar yig`inlari, bir qator xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining murojaatlari asosida o`zgartirish kiritilmoqda.

4

52m

Ibn Sino 2-mavzesi –

Paxtakor metrosi

Yo`nalish harakati Abay ko`chasidan, Zulfiyaxonim, Labzak ko`chalari orqali “Malika fabrikasi” bekatigacha uzaytiriladi.

Ushbu yo`nalish harakatiga Toshkent shahar, Shayxontohur tumanidagi Shodlik mahalla fuqarolar yig`ini murojaati asosida o`zgartirish kiritilmoqda.

5

90m

Huvaydo mahallasi –

Yunusobod 15-dahasi

Yo`nalish harakati “Yunusobod 15-dahasi” avtoshohbekatidan Yunus ota, Dehqonobod, THAY, Yangi Yunusobod ko`chalari orqali “Yunusobod 19-dahasi” bekatigacha uzaytiriladi.

Ushbu yo`nalish harakatiga Toshkent shahar, Yunusobod tumanidagi Shoshtepa mahalla fuqarolar yig`ini murojaati asosida o`zgartirish kiritilmoqda.

6

140m

Chorsu savdo markazi –

Toshkent pediatriya instituti

Yo`nalish harakati “Toshkent pediatriya tibbiyot instituti” bekatidan Oliygoh ko`chasi orqali “Toshkent agrar universtiteti” bekati (YPX post maskani)gacha uzaytiriladi.

Ushbu yo`nalish harakatiga Toshkent viloyati, Qibray tumanidagi Islomobod, Oybek mahalla fuqarolar yig`inlarining, Qibray akademik liseyining murojaatlari asosida o`zgartirish kiritilmoqda.

7

165m

Guliston mahallasi –

Chorsu savdo markazi

Yo`nalishning “Guliston” mahallasidan “Chorsu savdo markazi” tomon harakati A.Navoiy, Beruniy ko`chalari orqali Beruniy-Saqichmon-Laylito`g`on ko`chalari chorrahasi (Go`sht bozori)gacha tashkil qilinadi.

Ushbu yo`nalish harakatiga Toshkent shahar, Yunusobod tumanidagi Tiklanish mahallasi fuqarolarining murojaati asosida o`zgartirish kiritilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar