O`zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 26 yillik bayrami yurtimiz bo`ylab keng nishonlanmoqda. Shuningdek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev nomiga turli davlat rahbarlari va diplomatik korpus vakillaridan qutlovlar kelmoqda.
Bugun "O`zbekiston" Xalqaro forumlar saroyida Mustaqilligimizning 26 yilligiga bag`ishlangan tantanali tadbir bo`lib o`tadi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirok etadi, deb xabar beradi "O`zbekiston 24" telekanali sayti.
Shuningdek, adabiyot, san`at va madaniyat namoyandalari, sportchilar, xorijiy mehmonlar ham qatnashadilar.