“O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi Bangkok-Toshkent yo`nalishi bo`yicha parvoz qilishi kerak bo`lgan HY532 reysining qoldirilgani keltirib chiqarayotgan noqulayliklar uchun yo`lovchilar va ularning yaqinlaridan uzr so`radi. Bu haqda kompaniya rasmiy axborot berdi.
Kompaniyaning ma`lum qilishicha, reysning ushlanib qolayotganligi havo kemasidagi nosozliklar bilan bog`liq. Aviakompaniya o`z yo`lovchilarining xavfsizligi uchun javobgar va shu sababdan nosozliklar to`liq bartaraf etilmagunga qadar reys amalga oshirilmaydi.
Bangkokdagi aviakompaniya vakillari yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf qilish uchun barcha choralarni ko`rmoqda. Aviakompaniya qoidalariga ko`ra, barcha yo`lovchilar yotoqxona va 3 martalik ovqat bilan, aeroport va yotoqxona o`rtasida transportirovka, shuningdek yaqinlar bilan xalqaro aloqa bilan ta`minlangan.
Yo`lovchilarga etib borish uchun muqobil yo`nalishlar taklif qilingan.
Ayni damda qolgan 30 nafar yo`lovchini Toshkentga etib borishi uchun muqobil transport yo`nalishlari ko`rib chiqilmoqda.
Kompaniya ushbu reys bilan yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan qo`shimcha ma`lumot beriladi.
Aviakompaniya rahbariyati yuzaga kelgan holat yuzasidan kechirim so`radi.