1

TOShKENT ShAHRIDA OLIB QOChILAYoTGAN AVTOMOBIL YoNIB KETDI

Jinoyat 14.09.2017, 22:11
TOShKENT ShAHRIDA OLIB QOChILAYoTGAN AVTOMOBIL YoNIB KETDI

2017 yilning 13 sentyabr kuni soat taxminan 17:00larda, noma`lum shaxs, Yunusobod tumani, 4-mavzesi hududida bo`la turib, shu erda qarovsiz qoldirilgan, fuqaro Kamilov Orifjon Akmalovichga tegishli bo`lgan “Neksiya” rusumli avtoulovni g`ayriqonuniy ravishda ochib, uni olib qochgan va A.Donish ko`chasi bo`ylab harakatlanib, yo`l chetidagi bordyurga urilib, yo`l transport hodisasini sodir etgan va hodisa joyidan yashiringan.

Bundan tashqari, shu kuni soat taxminan 19:30 larda, noma`lum shaxs, Yunusobod tumani hududida, fuqaro Ismatova Gulchexra Narbekovnaga nisbatan kuch ishlatgan holda, unga tegishli bo`lgan “Kobalt” rusumli avtomashinasini olib qochgan.

Shundan so`ng mazkur avtomashinada A.Qodiriy ko`chasi bo`ylab harakatlanib ketayotgan vaqtida, “Grand palas” mehmonxonasining qarshisida, beton to`siqqa urilib, yo`l transport hodisasi sodir etganligi oqibatda avtomashina yonib ketgan va transport vositalarini olib qochgan shaxs Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilgan.

Holat yuzasidan ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o`tkazilgan surishtiruv ishlari natijasida, avtomashinalarni olib qochish jinoyatlarini RShTYoIMga olib borilgan Maxkamov Shaxzod Anvarovich sodir etganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 267-moddasi 2-qismi “g” bandi (transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida olib qochish) va 267-moddasi 3-qismi “v” bandi (transport vositasini bosqinchilik yo`li bilan talon-toroj qilish maqsadida olib qochish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchilarning anketa ma`lumotlari o`zgartirilgan bo`lib, familiya va ismlarning xar qanday o`xshashligi tasodifiy xarakterga ega.

Diqqat !!! Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko`rganlar bo`lsa, “102” telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar idoralariga murojaat etishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1