MXX NIKOLAY II DAVRINING 900 PROBALI 40 TA OLTIN TANGALARNI SOTMOQChI BO`LGANLARNI QO`LGA OLDI

Jinoyat 18.09.2017, 14:05
MXX NIKOLAY II DAVRINING  900 PROBALI 40 TA OLTIN TANGALARNI SOTMOQChI BO`LGANLARNI QO`LGA OLDI

O`tkazilgan maxsus operasiya davomida qiymati 10 rubl bo`lgan 36ta oltin tangani 12,2 ming dollar evaziga sotishni rejalashtirgan Koson tumanida yashovchi 35 yoshli Bobir Nomatov va 34 yoshli Qarshilik Farxod Maxmudovlar qo`lga olingan. Tekshiruv vaqtida ularning cho`ntaklaridan yana 4ta ana shunday tanga topilgan.

"Ekspertiza o`tkazish uchun tangalar Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining Davlat probir palatasiga topshirilgan. Ekspertiza 40 ta tanga 900 probali oltindan yasalganini va ularning umumiy og`irligi 343,5 grammligini hamda tangalar 1898 — 1903 yillarda ishlab chiqarilganini ko`rsatdi", — dedi muassasa vakili.

Ushbu ish yuzasidan Qashqadaryo viloyatining Soliq va valyuta jinoyatlari bo`limi jinoiy ish qo`zg`atdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1