AsosiyJamiyat

​YoSh OLIMLARDAN IBORAT EKSPEDISIYa OROLBO`YIDAGI HOLATNI O`RGANIShADI

'​YoSh OLIMLARDAN IBORAT EKSPEDISIYa OROLBO`YIDAGI HOLATNI O`RGANIShADI'ning rasmi

Shu yilning 17-20 sentyabr kunlari Qorqalpog`iston Respublikasining Mo`ynoq tumanida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va O`zbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorlikda yoshlar ilmiy ekspedisiyasi tashkil etildi. Unda yosh olimlar, gid-ekskursovodlar, fotosuratchilar, blogerlar va jurnalistlar ishtirok etadi. 25 kishidan iborat ekspedisiya a`zolari 3 kecha-kunduz davomida Orolbo`yi hududida istiqomat qilib, haqiqiy holat bilan yaqindan tanishadi.

Ma`lumki, 2017-2021 yillarga mo`ljallangan Harakatlar strategiyasining “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etishning samarali yo`llarini ishlab chiqish, ushbu hududda yuzaga kelgan ekologik muammolarni hal etishning ta`sirchan mexanizmlarini yaratish va amalga oshirish qabi tadbirlar belgilangan.

Mazkur loyiha orqali tadbir tashkilotchilari Orol fojiasining bugungi kundagi holatiga keng jamoatchilik e`tiborini qaratish, biologiya, geologiya, ekologiya yo`nalishlarida ilmiy-tadqiqot olib borayotgan yoshlarni qo`llab-quvvatlash va kasbga bo`lgan qiziqishlarini yanada oshirishga harakat qilmoqdalar. Shuningdek, hududga turistlar oqimini, ayniqsa, yoshlar va ekstremal turizm yo`nalishlarida xorijlik mehmonlarni jalb qilishga xissa qo`shishni rejalashtirganlar.

Ekspedisiya davomida ishtirokchilar yosh olimlar (ekolog, medik, geolog, biolog), gid-ekskursovodlar, yosh jurnalist va blogerlar guruhlariga bo`lingan holda tegishli vazifalarni amalga oshiradilar. Yakunda har bir guruh tomonidan kelgusida hudud rivoji uchun xizmat qiladigan loyiha yoki mahsulot taqdim etiladi. Misol uchun, gid-ekskursovodlar guruhi mahalliy va xorijiy turistlarga mo`ljallangan yangi yo`nalishlar marshrutini taqdimotini o`tkazadi. Yosh olimlar, jurnalist va blogerlar guruhi esa turli reklama va tarqatma materiallari uchun kontent tayyorlashda 1-guruhga ko`maklashadilar. Har bir guruhga tajribali ekspert hamrohlik qiladi.

Loyiha doirasida, shuningdek, Toshkent shahrida ekspedisiya natijalariga bag`ishlangan matbuot anjumani o`tkazilishi ham rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar