AsosiyDUNYO

Nyu-Yorkda 61 yillik an'ana buzildi

Shahar meri Isroil paradida qatnashmaydi.

'Nyu-Yorkda 61 yillik an'ana buzildi'ning rasmi

Nyu-Yorkning amaldagi meri, demokrat-sotsialist Zohran Mamdani 1964 yildan beri o‘tkazib kelinayotgan Isroil kuni paradida ishtirok etmasligini ma’lum qildi. Bu haqda Fox News xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Mamdani ushbu tadbirda qatnashishdan ixtiyoriy ravishda voz kechgan birinchi amaldagi shahar rahbariga aylangan.

Qaror shahardagi yirik yahudiy tashkilotlari, jumladan "UJA-Federation" tomonidan norozilik bilan qabul qilingan. Ular mer qarorgohida o‘tkazilishi rejalashtirilgan rasmiy qabulda qatnashmasliklarini bildirgan.

Mamdani o‘z qarorini "siyosiy tamoyillar" va "barcha insonlar uchun teng huquqlar"ni qo‘llab-quvvatlashi bilan izohlagan.

Shu bilan birga, shahar rahbarining paradada qatnashmasligi tadbirda xavfsizlikni ta’minlashdan voz kechishni anglatmasligi ta’kidlangan.

Ma’lumot uchun, Isroildan tashqaridagi eng yirik yahudiylar jamoasi yashaydigan Nyu-Yorkda, Beshinchi avenyu bo‘ylab o‘tkaziladigan mazkur marsh an’anaviy ravishda ikki partiya o‘rtasidagi hamjihatlik va megapolis birdamligining ramzi sifatida qaralib kelgan.

    Boshqa yangiliklar