1

16 YoShLI KOLLEJ O`QUVChISI HUJJATSIZ MAShINA BOShQARGANI OQIBATIDA AVARIYa SODIR BO`LDI

Jinoyat 26.09.2017, 10:16
16 YoShLI KOLLEJ O`QUVChISI HUJJATSIZ MAShINA BOShQARGANI OQIBATIDA AVARIYa SODIR BO`LDI

2017 yil 24 sentyabr kuni soat 12:00larda, “A.Temur” shox ko`chasi 65-uy qarshisida, 2001 yilda tug`ilgan, kollej o`quvchisi, xaydovchilik guvohnomasi va tegishli hujjatlarsiz, “Lada-110” rusumli avtoulovni boshqarib, “Kobalt”, “VAZ-21013” va “Matiz” rusumli avtoulovlar bilan to`qnashuv sodir etgan.

“Lada-110” avtoulov xaydovchisiga “bosh miya yopiq jaroxati, bosh miya chayqalishi” tashxisi bilan 7-ShKShda tibbiy yordam ko`rsatildi, “VAZ-21013” avtomobil yo`lovchisi, 1973 yilda tug`ilgan ayol, olingan jaroxatlar bilan 7-ShKShga murojaat etdi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXBning huquqbuzarliklar bilan kurashish bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 133-moddasi (Transport vositalari haydovchilarining yo`l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga engil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar etkazilishiga olib kelishi) alomatlari bilan ma`muriy ish qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1