AsosiyJamiyat

ROMITAN TUMANIDAGI TO`YLARDAN BIRIDA QARIYB 100 KIShI ZAHARLANDI

'ROMITAN TUMANIDAGI TO`YLARDAN BIRIDA QARIYB 100 KIShI ZAHARLANDI'ning rasmi

Buxoroning Romitan tumanida 90 kishi ovqatdan zaharlandi, deya xabar beradi Sog`liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Ma`lum bo`lishicha, 26 sentyabr kun kun davomida Romitan tumani tibbiyot birlashmasiga 90 kishi qusish, ko`ngil aynish, bosh og`rig`i kabi alomatlar bilan murojaat qilgan. Barcha bemorlarga "o`tkir diareya, ovqatdan zaharlanish" tashhisi qo`yilgan.

Bemorlar bilan suxbat chog`ida ularning barchasi bir kun oldin "Diyor" restoranida tuxum-barak eganliklarini ma`lum qilishgan.

Ayni damda vaziyat vazirlik nazoratida. Holat yuzasidan ma`lumotlar berib boriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar