O`zbekiston Respublikasi Prezidenti O`qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta`lim-tarbiya tizimida alohida o`rnak ko`rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to`g`risida farmon imzoladi.
Mazkur farmon bilan 99 nafar soha mutaxassilari mukofotlandi. Hujjat matni va mukofotlanganlar ro`yxati O`zAda keltirilgan.
Ularga «O`zbekiston Respublikasi xalq o`qituvchisi», «O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan xalq ta`limi xodimi», «O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiysi»,«O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan sport ustozi» unvonlari, «Fidokorona xizmatlari uchun», «Mehnat shuhrati», II darajali «Sog`lom avlod uchun», «Do`stlik» ordenlari hamda «Shuhrat» medali mukofotlari berildi.